• eye Maxsus imkoniyatlar
Ko'p beriladigan savollar

Saylov kodeksining 8, 11, 33, 54–58 va 102-moddalari hamda Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 19-sentabrdagi 938-son qarori va 2019-yil 5-oktabrdagi 951-son qarori bilan mahalliy va xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar huquqlari va majburiyatlari belgilab berilgan.

Kuzatuvchilar o‘z faoliyatini qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilgan holda mustaqil tashkil etadi.

Uchastka saylov komissiyasining ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi qaroridan norozi bo‘lgan nomzodlar yoxud siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari ovozlarni qayta sanab chiqilishini so‘rab sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Saylov davomida yo‘l qo‘yilgan, ovoz berish yakunlariga ta’sir qilgan qoidabuzarliklar sababli saylov umuman yoki ayrim saylov okruglari bo‘yicha yoxud ayrim saylov uchastkalari bo‘yicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Qonunchilik palatasiga saylovni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi qaror Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va saylov yakunlari e’lon qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida bu qaror ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin.

24-oktabr – saylov kuni soat 20:00da ovoz berish tugaganidan keyin uchastka saylov komissiyasi foydalanilmagan va buzilgan saylov byulletenlarini sanab chiqadi va yuqori chap burchagini kesish yoki saylov byulletenining orqa tomonida tegishli belgi qo‘yish yo‘li bilan bekor qiladi hamda ularning sonini yakuniy bayonnomaga kiritadi.

Mahalliy, xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar ish faoliyatini qay tartibda olib borishi ular tomonidan mustaqil hal etiladi va Saylov kodeksi hamda Markaziy saylov komissiyasining qarorlarida belgilangan huquqlardan bir xilda foydalanadi va majburiyatlarga rioya qiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning ishonchli vakillari uning taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ishonchli vakillarini o‘z xohishiga ko‘ra mustaqil tanlaydi. Saylov kodeksining 43-moddasiga asosan, ishonchli vakil saylov komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin emas. 

Markaziy saylov komissiyasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqoti to‘g‘risida” 2021 yil 17 sentyabrdagi 1129-son qaroriga asosan  Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmati Matbuot markazi hamda Ommaviy kommunikasiyalar masalalari bo‘yicha markaz bilan birgalikda saylovoldi tashviqoti monitoringi tashkil etilgan. Hozirgi kunda saylovoldi tashviqotini olib borishda qonunbuzilish holatlari aniqlanmadi.

Siyosiy partiyaning tuman (shahar) tashkiloti O‘zbekiston Ryespublikasi Prezidentligiga ushbu siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan nomzod ro‘yxatga olingan kundan boshlab, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari esa okrug saylov komissiyasi tuzilganidan keyin o‘z kuzatuvchilari to‘g‘risida tegishli saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi.

Saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilinganidan so‘ng Markaziy saylov komissiyasi xorijiy davlatlar saylov organlari va xalqaro tashkilotlarga Tashqi ishlar vazirligi orqali taklifnoma yuboradi.

Tashqi ishlar vazirligi o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki davlat hokimiyati organlari, vazirliklar, idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlari, boshqa tashkilot va muassasalar takliflariga ko‘ra saylovlarga xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarni taklif etadi.

Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar ham saylovlarda xorijiy (xalqaro) kuzatuvchi sifatida ishtirok etish istagini bildirib, Tashqi ishlar vazirligiga murojaat etishi mumkin.

Okrug saylov komissiyasiga, sudga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga.

Mumkin, Komissiya a’zosi saylovga olti kun va undan kam vaqt qolganida koronavirus (COVID-19) infeksiyasi bilan kasallanganligi aniqlansa yoki saylov kuniga qadar koronavirus (COVID-19) infeksiyasidan tuzalmagan bo‘lsa, shuningdek saylov kuni tana harorati 370S va undan yuqori bo‘lgan taqdirda tegishincha Markaziy saylov komissiyasi, okrug saylov komissiyasining qaroriga asosan komissiya tarkibidan chiqarilishi va yangi a’zo (rais, rais o‘rinbosari, kotibi va boshqa a’zosi) komissiya tarkibiga kiritilishi mumkin.