• eye Maxsus imkoniyatlar
Rahbariyat
NIZAMXODJAYEV ZAYNIDDIN MAXAMATOVICH
NIZAMXODJAYEV ZAYNIDDIN MAXAMATOVICH

1954-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan, mutaxassisligi - davolash ishi, tibbiyot fanlari doktori, professor. 2015-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi, Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash  masalalari qo‘mitasi raisi,  2020-yil 20-yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Zayniddin Nizamxodjayev  2014-yil “O‘zbekiston Qahramoni” faxriy unvoni bilan mukofotlangan.

2021-yil 5-fevraldan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi lavozimiga saylangan.

KUCHKAROV BAXROM TULKINOVICH
KUCHKAROV BAXROM TULKINOVICH

1972-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - 1994-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 1998-yilda Vashington huquq kollejini (AQSH), 1999-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan, mutaxassisligi – huquqshunos, iqtisodchi.

2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha Davlat maslahatchisi birinchi o‘rinbosari - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Yuridik xizmati rahbari, 2017-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi, 2020-yil 25-maydan O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

B. Kuchkarov 2002-yilda “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan.

2021-yil 5-fevraldan Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari lavozimiga saylangan.

MAMATOV XUDOYOR TESHAYEVICH
MAMATOV XUDOYOR TESHAYEVICH

1971- yilda tug'ilgan, oliy ma'lumotli - Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisiligi huquqshunos. 1-darajali adliya maslahatchisi, yuridik fanlar doktori. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi direktorining o'quv-uslubiy va ilmiy ishlar bo'yicha birinchi o'rinbosari lavozimida ishlagan. 2019 - yilda O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a'zosi, 2019 - yil 19 - sentabrdan O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi, Kotibiyat rahbari etib saylandi.