• eye Maxsus imkoniyatlar
2002-yil 27-yanvar O’zbekiston Respublikasi referendumi o’tkazildi
17.07.2021
16978

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 6-dekabrdagi Qaroriga hamda “O’zbekiston Respublikasi referendumi to’g’risida”gi Qonunga muvofiq 2002-yil 27-yanvar kuni mamlakatimiz butun hududida keng demokratik asosda O’zbekiston Respublikasi referendumi o’tkazildi.

Ovoz berish kuni referendum uchastkalarida 32 ta xorijiy davlat, qator xalqaro tashkilotlar, ommaviy axborot vositalarining 130 dan ziyod kuzatuvchilari, shuningdek siyosiy partiyalar va fuqarolarning tashabbuskor guruhlarining kuzatuvchilari hozir bo’ldilar.

Ovoz beruvchilar ro’yxatiga kiritlgan 13 million 266 ming 602 nafar fuqarodan referendumda 12 million 113 ming 70 nafar fuqaro qatnashdi, bu 91,58 foizni tashkil etadi. 

Referendum natijalariga koʻra “Siz kelgusi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi parlamenti ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?” degan birinchi savolga ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning 11 mln 344 ming 242 nafari yoki 93,65 foizin yoqlab, 768 ming 828 nafari yoki 6,35 foizi qarshi ovoz bergan.

“Siz Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddatini besh yildan yetti yil qilib oʻzgartirishga rozimisiz?” degan ikkinchi savolga ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning 11mln. 117 ming 841 nafari yoki 91,78 foizi yoqlab, 995 ming 229 nafari 8,22 foizi qarshi ovoz berdi.

 

27.01.2002