• eye Maxsus imkoniyatlar
MSK a'zolari tarkibi
AXMEDOVA FERUZAXON SOLIJONOVNA
AXMEDOVA FERUZAXON SOLIJONOVNA

1957-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Andijon davlat pedagogika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi - matematika o‘qituvchisi. 2007-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi etib saylangan.

BABANAZAROVA MARINIKA
BABANAZAROVA MARINIKA

1955-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent davlat universiteti, Toshkent teatr-rassomchilik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi filolog, san’atshunos. 1998-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi etib saylangan.

BAZAROV ORIFJAN SHADIYEVICH
BAZAROV ORIFJAN SHADIYEVICH

1963-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Qarshi davlat pedagogika institutini tamomlagan, mutaxassisligi - umumtexnika fanlari va fizika o‘qituvchisi. Fizika-matematika fanlari nomzodi, dosent. 2020-yil 14-fevraldan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori lavozimida ishlab kelmoqda. 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi etib saylangan.

DJURAYEV SHUHRAT NIZAMOVICH
DJURAYEV SHUHRAT NIZAMOVICH

1958-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent politexnika institutini tamomlagan, mutaxassisligi - muhandis-mexanik. 2004-2021  2-oktabrdan Navoiy viloyati saylov komissiyasi raisi, 2014-2020 yillarda “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati ijtimoiy va maishiy masalalar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2020-yil 8-oktabrdan pensiyada.

2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi etib saylangan.

IBODULLAYEV ADXAM IBODULLAYEVICH
IBODULLAYEV ADXAM IBODULLAYEVICH

1984-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Mutaxassisligi buxgalteriya hisobi va audit. Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati departamentining Byudjet qonunchiligi buzilishi holatlarini nazorat va profilaktika qilish yig‘ma-tahlil boshqarmasi Byudjet qonunchiligi buzilish holatlarini tahlil qilish va profilaktikasini amalga oshirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2019-yil 24-avgustdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zosi etib saylangan.

ISMAILOVA GULNOZA SAYDIGANIXODJAEVNA
ISMAILOVA GULNOZA SAYDIGANIXODJAEVNA

1980-yilda tug‘ilgan, oliy ma'lumotli - Toshkent davlat yuridik institutini, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini ikkinchi mutaxassislik sifatida tamomlagan. Mutaxassisligi-huquqshunos-iqtisodchi. Hozirgi kunda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat yuritmoqda. 2019-yil 24-avgustdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a'zosi etib saylangan.

ISOQBOYEV ALISHER AXMADJONOVICH
ISOQBOYEV ALISHER AXMADJONOVICH

1978-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Namangan davlat universitetining bakalavr hamda 2002-yilda magistratura bosqichlarini tamomlagan. Mutaxassisligi-tarixchi. Tarix fanlari nomzodi. Hozirgi kunda Namangan davlat universiteti Tarix kafedrasi dotsenti. 2019-yil 24-avgustdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi etib saylangan.

KADIROVA MUYASSAR DJUMAYEVNA
KADIROVA MUYASSAR DJUMAYEVNA

1962-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan, mutaxassisligi - vrach-terapevt. 2013-yil 15-fevraldan O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Surxondaryo viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Muyassar Kadirova “Shuhrat” medali  bilan taqdirlangan.

2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi etib saylangan.

KENJAYEVA IRODA MISIROVNA
KENJAYEVA IRODA MISIROVNA

1970-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Buxoro davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisligi-shifokor. 2015-yildan buyon Buxoro viloyati tibbiy diagnostika markazi direktori lavozimida mehnat qilmoqda. 2019-yil 24-avgustdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi etib saylangan.

KURBANKULOV SUYARJON MASHARIPOVICH
KURBANKULOV SUYARJON MASHARIPOVICH

1960 - yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi - jurnalist. Toshkent viloyati «Ma’naviyat va ma’rifat» markazi, «Mahalla» jamoat fondi rahbari, O‘zbekiston nogironlar jamiyati raisi lavozimlarida ishlagan.

Suyarjon Kurbankulov  “Shuhrat” medali , “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.

2014 - yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi etib saylangan. 2015 - yil 3 - fevraldan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi, 2019 - yil 19 - sentabrdan Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

RAXIMOVA GULNOZA ABDUSATTAROVNA
RAXIMOVA GULNOZA ABDUSATTAROVNA

1959 - yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent davlat universitetini tamomlagan, mutaxassisligi - huquqshunos. Ko‘p yillar mobaynida prokuratura organlari tizimida mas’ul lavozimlarda, 2010 - yildan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati rahbari, jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan, adliya katta maslahatchisi maxsus darajali unvonga ega. Gyulnoza Raximova 2013 - yil “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlangan,  O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasining a’zosi. 2018 - yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi etib saylangan. Shu yil 4 - maydan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari, 2019 - yil 23 - iyuldan Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

SIROJIDDINOV SHUHRAT SAMARIDDINOVICH
SIROJIDDINOV SHUHRAT SAMARIDDINOVICH

1961 - yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi - filolog, fors va ingliz tillari va adabiyoti. Filologiya fanlari doktori, professor. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori lavozimida ishlaydi. 2014 - yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi etib saylangan.