Saylov komissiyalari va ularning a’zolari o‘z faoliyatini har qanday davlat organlaridan, jamoat birlashmalaridan va mansabdor shaxslardan mustaqil holda amalga oshiradi. Markaziy saylov komissiyasi raisi O‘zbekiston Ryespublikasi Prezidenti saylovi yakunlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga axborot beradi.
Insonparvar huquqiy demokratik davlat qurish yo‘lida saylov qonunchiligi va amaliyotini umume’tirof etilgan xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish, fuqarolarning saylov huquqlarini ta’minlash juda muhim ahamiyatga ega.
Mamlakatimizda erkin va demokratik saylov o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlarni xolisona va haqqoniy baholanishidan Markaziy saylov komissiyasi manfaatdor hisoblanadi.
Xalqaro kuzatuvchilarning xulosalari erkin va demokratik saylov o‘tkazishdagi eng muhim elementni tashkil etadi va ularda saylov sohasidagi ishlarning real holati, yutuqlar va kamchiliklar yaqqol namoyon bo‘ladi.
Xalqaro kuzatuvchilarning tavsiyalari saylov qonunchiligini takomillashtirishga, saylov sohasida qilingan ishlarni sarhisob qilishga va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarni belgilashga xizmat qiladi.
Markaziy saylov komissiyasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqoti to‘g‘risida” 2021 yil 17 sentyabrdagi 1129-son qaroriga asosan Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmati Matbuot markazi hamda Ommaviy kommunikasiyalar masalalari bo‘yicha markaz bilan birgalikda saylovoldi tashviqoti monitoringi tashkil etilgan. Hozirgi kunda saylovoldi tashviqotini olib borishda qonunbuzilish holatlari aniqlanmadi.
OAV vakili saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarni yoritish saylov kuni ovoz berish xonalarida, shu jumladan ovozlarni sanab chiqishda hozir bo‘lish kabi huquqlarga ega.
Kuzatuvchilarning vakolat muddati ularga mandat berilgan kundan boshlanadi va saylov yakunlari rasman e’lon qilingan kuni tugaydi.
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan takroriy ovoz berish yoki takroriy saylov o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar mandati tegishli muddatga uzaytiriladi.
Saylov komissiyalariga murojaat qilishlari mumkin. Saylov komissiyalari saylov kampaniyasini o‘tkazish davrida jismoniy shaxslarning Saylov kodeksi talablari buzilganligi yoki saylovni tashkil etishning boshqa masalalari xususida o‘ziga kelib tushgan murojaatlarini o‘z vakolatlari doirasida ko‘rib chiqadi. Saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar sud tartibida ko‘rib chiqiladi.
Saylov kodeksining 32-moddasiga ko‘ra saylov byulletenlari davlat tilida, shuningdek okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan tegishli okrug aholisining ko‘pchiligi so‘zlashadigan tillarda nashr etiladi. ma’lumot uchun: bu yil saylov byulleteni o‘zbek (kirill, lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbolarida) qoraqalpoq va rus tillarida nashr etildi.
Saylov byulleteniga qo‘shimchalar kiritilmadi. Biroq, saylov byulleteniga nomzodning egallab turgan lavozimi (mashg‘ulotining turi) va ish joyini kiritish talabi Saylov kodeksidan chiqarib tashlandi.
Saylov uchastkasida saylovga oid qonunchilik va xalqaro normalar talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan deb hisoblash uchun asoslar bo‘lsa, kuzatuvchi o‘z kuzatuvlari to‘g‘risida ushbu uchastka saylov komissiyasi a’zolariga ularning ishiga aralashmagan holda ma’lum qilishi, shuningdek yuqori turuvchi saylov komissiyalariga xabar berishi mumkin.
Uchastka saylov komissiyasi ovoz berish hamda ovozlarni sanab chiqish chog‘ida kelib tushgan shikoyatlarni (arizalarni) ko‘rib chiqadi. Ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma tuzishdan oldin komissiya faoliyati bo‘yicha e’tirozlar, shikoyatlar bor-yo‘qligini aniqlaydi, komissiyaga kelib tushgan e’tiroz, shikoyatlarni ko‘rib chiqadi va qaror qabul qiladi.
Kuzatuvchilar saylov komissiyalarining qarorlari ustidan ushbu qarorlar qabul qilinganidan keyin besh kun ichida ma’muriy sudga shikoyat qilishi mumkin.
Ovozlarni sanab chiqish jarayonida ishtirok etish kuzatuvchilarning huquqlaridan biri hisoblanadi. Mazkur huquqdan foydalanish yoki foydalanmaslik masalasi ular tomonidan mustaqil hal etiladi.