Ha, ishtirok etadi. ma’lumot uchun: og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etmaydi.
Agar ro‘yxatda yo‘q bo‘lsa fuqaroning ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilganligini tasdiqlovchi hujjat asosida saylovchilar ro‘yxatiga kiritish orqali ovoz berish huquqi ta’minlanadi.
Saylov kuni ko‘zi ojiz saylovchining turgan joyida ovoz berishini tashkil etishda trafaretdan foydalanish mumkin.
Shuni inobatga olgan holda Markaziy saylov komissiyasining qarori bilan 2021 yil 30 sentyabrdagi 1136-son qarori bilan har bir saylov uchastkasiga ikki donadan trafaret yetkazib berish belgilandi. Zaruratga qarab, trafaretlardan biri saylovchining turgan joyida ovoz berishini tashkil etish uchun foydalaniladi.
Saylov ochiq va oshkora o‘tkaziladi. Saylovni ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosida o‘tkazishda OAVlar roli muhim ahamiyatga ega bo‘lib, akkreditasiya bo‘yicha tartib taomillariga rioya qilib, murojaat qilayotgan OAV vakillari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan akkreditasiyadan o‘tkazilmoqda.
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan OAVlarni akkreditasiyadan o‘tkazish reja asosida emas, balki qonunchilik talablari asosida amalga oshiriladi.
Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 25-oktabrdagi 969-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishni moliyalashtirish hamda mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomanga muvofiq holda to‘lanadi.
Taklifnomani berilmaganligi fuqarolarning saylovda qatnashish huquqlarini cheklamaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 27-28-moddalari talabiga ko‘ra saylov komissiyalari tomonidan saylovchilar ro‘yxatiga har bir saylovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va yashash joyi manziliga oid ma’lumotlar kiritilishi belgilangan.
O'zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 25-moddasi talabiga ko'ra, boshqa saylov komissiyalarining a'zolari, siyosiy partiyalarning a'zolari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, prokuratura organlarining, sudlarning mansabdor shaxslari, nomzodlarning yaqin qarindoshlari va ishonchli vakillari, shuningdek nomzodlarga bevosita bo'ysunuvchi shaxslar saylov komissiyasining a'zosi bo'lishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 55-moddasi talabiga ko‘ra, saylov byulletenini mustaqil ravishda to‘ldirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi o‘z xohishiga ko‘ra yashirin ovoz berish kabinasiga yoki xonasiga boshqa shaxsni taklif qilishga haqli, bundan saylov komissiyasi tarkibiga kiradigan shaxslar, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari mustasno.
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 55-moddasiga muvofiq ovoz berish jarayonida extiyotsizlik tufayli buzib qo‘yilgan saylov byulleteni saylovchining iltimosiga ko‘ra almashtirib berilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 4-moddasi talabiga ko‘ra, saylov kuni 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston fuqarolari saylash huquqiga egadirlar.