O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi hamda Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 22-oktabrdagi "O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori talablariga muvofiq tashkil etiladi.
Markaziy saylov komissiyasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning saylov huquqlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 30-sentabrdagi 1136-son qaroriga muvofiq ko‘zi ojiz saylovchilarning saylov byulletenini to‘ldirishda foydalanishlari uchun har bir saylov uchastkasi ikki donadan Brayl alifbosi asosida tayyorlanadigan trafaretlar bilan ta’minlanadi.