• eye Maxsus imkoniyatlar
№ 1114  Alisher Keldiyevich Qodirovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olish to‘g‘risida
11.09.2021
1289

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori


№ 1114                                                      2021-yil 11-sentabr


Alisher Keldiyevich Qodirovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan nomzod Alisher Keldiyevich QODIROVni ro‘yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 40-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan Alisher Keldiyevich QODIROV O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olinsin.

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 
 

Rais                                                                                 Z.Nizamxodjayev