• eye Maxsus imkoniyatlar
№ 1115 Narzullo Naimovich Oblomuradovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olish to‘g‘risida
11.09.2021
1201

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori


№ 1115                                                      2021-yil 11-sentabr

 

Narzullo Naimovich Oblomuradovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olish to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan nomzod Narzullo Naimovich OBLOMURADOVni ro‘yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 40-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan Narzullo Naimovich OBLOMURADOV O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olinsin.

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

Rais                                                                               Z.Nizamxodjayev