O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№ 1118 2021-yil 11-sentabr
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasining guvohnoma (mandat)lar uchun muhri namunasini tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasining guvohnoma (mandat)lar uchun muhri namunasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalariga:
uchastka saylov komissiyalari raislarining guvohnomalari hamda siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari, kuzatuvchilari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilarning mandatlarini tasdiqlashda ilovaga muvofiq namunadagi muhrdan;
komissiyaning boshqa hujjatlarida esa O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021 yil 14 apreldagi 1065-son qarorining
3-ilovasida belgilangan namunadagi muhrdan foydalanishlari ko‘rsatib o‘tilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati (X. Mamatov) ilovaga muvofiq namunada muhrlarning tayyorlanishi va okrug saylov komissiyalariga yetkazib berilishini ta’minlasin.
4. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z.Nizamxodjayev