• eye Maxsus imkoniyatlar
№ 1124 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod N.N. Oblomuradovning ishonchli vakillarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida
15.09.2021
1743

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№ 1124                                                      2021-yil 15-sentabr

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod N.N. Oblomuradovning ishonchli vakillarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narzullo Naimovich Oblomuradovning taqdimnomasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 43-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narzullo Naimovich Oblomuradovning quyidagi ishonchli vakillari ro‘yxatga olinsin:

 

Gapporov

Xayrillo Lutpillayevich

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari

Seytova

Leyli Pulatovna

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati

Maksumov

Xokimxon Maksumovich

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Andijon viloyat kyengashi ijroiya qo‘mitasi raisi

Pardayev

Shamedin

 

Buxoro davlat universitetining  ekologiya kafedrasi dosenti

Sadriddinova

Dilfuza Ruzikulovna

 

Jizzax viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i

Halimov

Nosir Xakimovich

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qashqadaryo viloyat kyengashi ijroiya qo‘mitasi raisi, Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi deputati

Razzokov

Ulug‘bek Raxmatillayevich

 

Navoiy viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i

Nazarov

Abdug‘affor Abdujabbarovich

 

Namangan davlat universitetining ekologiya kafedrasi dosenti

Po‘latov

Muhiddin Egamberdiyevich

 

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori

Begiyev

Olimjon Tadjiyevich

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Sirdaryo viloyat kyengashi ijroiya qo‘mitasi raisi, Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi deputati

Yoqubov

Ibrohim Allanazarovich

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyat kyengashi ijroiya qo‘mitasi raisi, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputati

Aminov

Nosirjon Xasanbayevich

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati

Mustafakulov

Sherzod Igamberdiyevich

 

Qo‘qon universiteti rektori

Klichev

Atabek Kadamovich

 

Xorazm viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i

Jumaniyozov

Kamol Komilovich

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi markaziy kyengashi ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

 

2. Ishonchli vakillarga belgilangan tartibda guvohnoma topshirish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklatilsin.

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

 

Rais                                                                            Z. Nizamxodjayev