O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№ 1126 2021-yil 15-sentabr
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sh.M. Mirziyoyevning ishonchli vakillarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning taqdimnomasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 43-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning quyidagi ishonchli vakillari ro‘yxatga olinsin:
Daniyarov Abatbay Saparbayevich |
|
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i |
Axunov Uktamjon |
|
Andijon viloyati Nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi |
Xusenov Samoydin Kasimovich |
|
Buxoro viloyati Nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi |
Uzakov Bayrambek |
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri |
Poyonov Temurbek Olimovich |
|
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i |
Sanakulov Kuvandik |
|
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bosh direktori |
Najmiddinov Ikromxon |
|
Namangan viloyati Nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi |
Xalmuradov Rustam Ibragimovich |
|
Samarqand davlat universiteti rektori |
Axmedjanova Pokiza Shavkatovna |
|
Guliston shahridagi “Bolalar shaharchasi” direktori |
Eshmuratov Abdulxakim Xushbokovich |
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri |
Turdiboyeva Ra’no Eshovna |
|
Toshkent davlat agrar universiteti prorektori |
Sidikova Enaxon Abduraximovna |
|
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi rahbari |
Vapayev Amin |
|
Xorazm viloyati Nuroniylar jamoatchilik kengashi targ‘ibotchisi |
Kalanov Rustam Abduxakimovich |
|
Toshkent shahar hokimining maslahatchisi |
2. Ishonchli vakillarga belgilangan tartibda guvohnoma topshirish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklatilsin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
Rais Z. Nizamxodjayev