O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№ 1128 2021-yil 15-sentabr
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod B.A. Abduhalimovning ishonchli vakillarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Bahrom Abdurahimovich Abduhalimovning taqdimnomasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 43-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Bahrom Abdurahimovich Abduhalimovning quyidagi ishonchli vakillari ro‘yxatga olinsin:
Sulaymonov Umidjon Qurbonovich |
|
O‘zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy kyengashi raisining tashkiliy-partiyaviy ishlar va axborot siyosati bo‘yicha o‘rinbosari |
Alniyazov Aytmurat Ismailovich |
|
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti direktori |
Egamov Yuldashali Sulaymonovich |
|
Andijon davlat tibbiyot instituti xirurgik kasalliklar kafedrasi mudiri |
Homidov Maqsud Amonovich |
|
O‘zbekiston “Adolat” SDP Buxoro viloyat kyengashi raisi |
Shukurov Orif Jumabayevich |
|
O‘zbekiston “Adolat” SDP Jizzax viloyat kyengashi raisi |
Bababekova Muxiba Klichovna
|
|
O‘zbekiston “Adolat” SDP Samarqand viloyat kyengashi raisi |
Jo‘rayev Israiljon Ikramovich |
|
O‘zbekiston “Adolat” SDP Namangan viloyat kyengashi raisi |
Xayitov Rustam Burxonovich |
|
O‘zbekiston “Adolat” SDP Navoiy viloyat kyengashi raisi |
Kudratov Inomjon Sattarkulovich |
|
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari |
Artikov Abdirashid Zairovich |
|
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili |
Axmedova Gulnora Abdullayevna |
|
“Qibray sadosi” gazetasi bosh muharriri |
Valiyev Muxammad Sheraliyevich |
|
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati |
Abdullayev Ikram Iskandarovich |
|
Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi |
Tasheva Orasta Azamatovna |
|
Qarshi shahar hokimi o‘rinbosari |
Turabdjanov Sadritdin Maxamatdinovich |
|
Toshkent davlat texnika universiteti rektori |
2. Ishonchli vakillarga belgilangan tartibda guvohnoma topshirish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklatilsin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
Rais Z. Nizamxodjayev