• eye Maxsus imkoniyatlar
№ 1131 Ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditasiyadan o‘tkazish to‘g‘risida
17.09.2021
1336

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

№ 1131                                                      2021-yil 17-sentabr

 

Ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditasiyadan o‘tkazish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 35-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 5-oktabrdagi 952-son qarori bilan tasdiqlangan Saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditasiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarining xolisona yoritib borilishini ta’minlash bo‘yicha mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ilovaga muvofiq akkreditasiyadan o‘tkazilsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Matbuot xizmati (J.Usmanov) akkreditasiyadan o‘tgan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun belgilangan namunadagi guvohnomalar tayyorlanishi va topshirilishini ta’minlasin.

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi X.Mamatov zimmasiga yuklatilsin.

 

 

Rais o‘rinbosari                                                                      B. Kuchkarov

ILOVA