• eye Maxsus imkoniyatlar
№ 1138 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditasiya qilish to‘g‘risida
30.09.2021
1449

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 


 № 1138                                                      2021-yil 30-sentabr

 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditasiya qilish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 8, 14, 16 va 33-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 19 sentyabrdagi 938-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

1. 2021 yil 24 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar ilovaga muvofiq akkreditasiya qilinsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Xalqaro xamkorlik bo‘limi boshlig‘i (B.Ismoilov) akkreditasiya qilingan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilariga belgilangan namunadagi mandatlar tayyorlanishini hamda ularga topshirilishini ta’minlasin.

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Quchqarov zimmasiga yuklatilsin.

 


Rais                                                                                   Z. Nizamxodjayev