• eye Maxsus imkoniyatlar
 № 1161 E.I. Basitxanovani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida
03.03.2022
1146

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 


 № 1161                                                     2022 yil  3 mart

E.I. Basitxanovani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida

 

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-fevraldagi PF-79-son Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Elmira Irkinovna Basitxanovaning vakolati muddatidan avval tugatilganligi sababli, uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarilgan deb hisoblansin.

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

 

Rais                                                                              Z. Nizamxodjayev