• eye Maxsus imkoniyatlar
№ 1180 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi doimiy asosda ishlovchi a’zolari va Kotibiyat xodimlariga muayyan muddat ishlaganlik uchun har oyda lavozim maoshiga nisbatan haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida
14.07.2022
976

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 


№ 1180                                                    2022-yil  14-iyul

 


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi doimiy asosda ishlovchi a’zolari va Kotibiyat xodimlariga muayyan muddat ishlaganlik uchun har oyda lavozim maoshiga nisbatan haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020-yil 6-noyabrdagi 1041-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi doimiy asosda ishlovchi a’zolari va Kotibiyat xodimlariga muayyan muddat ishlaganlik uchun har oyda lavozim maoshiga nisbatan haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“1. A’zo va xodimga to‘lanadigan ustama haq miqdorlari Markaziy saylov komissiyasi Raisining farmoyishi bilan belgilanadi.”

2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B.Kuchkarov zimmasiga yuklatilsin.

 

 

Rais                                                                             Z.Nizamxodjayev