• eye Maxsus imkoniyatlar
№ 1181 Qashqadaryo viloyatida bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovini o‘tkazish to‘g‘risida
19.07.2022
890

 O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori


№ 1181                                                    2022-yil  19-iyul

 

Qashqadaryo viloyatida bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovini o‘tkazish to‘g‘risida

 


O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 78 va 87-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

1. Qashqadaryo viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisi 2022-yil 22-iyul kuni soat 12:00 da Qarshi shahrida joylashgan Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri binosida chaqirilsin.

2. Qashqadaryo viloyatida bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovini o‘tkazish bo‘yicha Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati hamda tuman va shahar kengashlarining qo‘shma majlisini ochish Markaziy saylov komissiyasining Raisi Z.Nizamxodjayev zimmasiga yuklansin.

3. Mazkur qaror xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashiga ijro uchun yuborilsin.

4. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

 

Rais                                                                           Z.Nizamxodjayev