• eye Maxsus imkoniyatlar
№ 1185 Referendum davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida 
30.08.2022
761

Oʻzbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

№ 1185                                                    2022-yil  30-avgust

Referendum davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida

 

“Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunning 18-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

1. Referendum davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

Rais                                                                             Z. Nizamxodjayev

 

Ilovani yuklash