Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№ 1188 2022-yil 5-sentyabr
Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻshab qolgan oʻringa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzosi saylovini oʻtkazish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 78 va 87-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1 Boʻshab qolgan oʻringa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosining saylovini oʻtkazish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining qoʻshma majlisi 2022-yil 9-sentyabr kuni soat 11:00 da Nukus shahrida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri binosida chaqirilsin.
2. Boʻshab qolgan oʻringa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosining saylovini oʻtkazish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlarining qoʻshma majlisini ochish Markaziy saylov komissiyasining raisi Z.Nizamxodjayev zimmasiga yuklansin.
3. Mazkur qaror Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga ijro uchun yuborilsin.
4. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Rais Z.Nizamxodjayev