• eye Maxsus imkoniyatlar
№1190 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga 2022-yil yanvar-sentabr oylari davomida kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida
07.11.2022
438

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 


№ 1190                                                    2022-yil  7-noyabr

 


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga 2022-yil yanvar-sentabr oylari davomida kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida

 


O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi X.Mamatovning komissiyaga 2022-yil yanvar-sentabr oylarida kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyatiga jismoniy va yuridik shaxslardan, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va virtual qabulxonasi orqali kelib tushadigan murojaatlarni o‘z vaqtida, belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va fuqarolarni qabul qilish masalasiga alohida e’tibor qaratilsin.

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                             Z. Nizamxodjayev

 

Murojaatlar bo'yicha axborot