• eye Maxsus imkoniyatlar
№ 1195 Navoiy viloyatida bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovini o‘tkazish to‘g‘risida
14.12.2022
383

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 


№ 1195                                                    2022-yil  14-dekabr

 


Navoiy viloyatida bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovini o‘tkazish to‘g‘risida

 


O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 78 va 87-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

1. Bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosining saylovini o‘tkazish bo‘yicha Navoiy viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining qo‘shma majlisi 2022-yil 17-dekabr kuni soat 11:30 da Navoiy viloyati, Navoiy shahri, Yoshlar markazining binosida chaqirilsin.

2. Bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosining saylovini o‘tkazish bo‘yicha Xalq deputatlari Navoiy viloyati hamda tuman va shahar kengashlarining qo‘shma majlisini ochish Markaziy saylov komissiyasining raisi Z.Nizamxodjayev zimmasiga yuklansin.

3. Mazkur qaror Xalq deputatlari Navoiy viloyati kengashiga ijro uchun yuborilsin.

4. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

Rais                                                                           Z.Nizamxodjayev