• eye Maxsus imkoniyatlar
№1207 Z.A.Abdirimovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida
27.02.2023
360

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

№ 1207                          2023-yil 27-fevral

 

Z.A.Abdirimovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida

 

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

1. 119-Gurlan saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining aʼzosi Zafar Atanazarovich Abdirimov Xorazm viloyati Hazorasp tumani hokimi lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan hamda o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqida bergan yozma arizasiga muvofiq uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.

2. Zafar Atanazarovich Abdirimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari ro‘yxatidan chiqarilsin.

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasiga yuborilsin.

4. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

 

 

Rais                                                                     Z.Nizamxodjayev