• eye Maxsus imkoniyatlar
№1293 Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish davrida Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlar to‘g‘risida
14.06.2023
342

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

№1293                          2023-yil 14-iyun

 

Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish davrida Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlar to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 101-moddalari hamda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 4 va 24-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi X.Mamatovning muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish davrida Markaziy saylov komissiyasiga 2023-yil 6-iyun – 13-iyun kunlari jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish davrida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari ilovaga muvofiq maʼqullansin.

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi X.Mamatov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                          Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA