• eye Maxsus imkoniyatlar
2023-yil 27-iyun kuni soat 15:00da Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi
26.06.2023
348

Majlis kun tartibidan muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish davrida Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlar, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni hamda ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish masalalari o‘rin olgan.

Majlis tafsilotlarini Markaziy saylov komissiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamda YouTube platformasi orqali kuzatib borishingiz mumkin.