• eye Maxsus imkoniyatlar
5-oktabr soat 11:00 da Simpoziumlar saroyida  Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
05.10.2021
3480

5-oktabr soat 11:00 da Simpoziumlar saroyida  Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Kun tartibidagi masalalar: 

Saylov uchastkalarida saylovchilarning muddatidan oldin ovoz berishini tashkil etish to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditasiya qilish to‘g‘risida; 
Ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditasiyadan o‘tkazish to‘g‘risida; 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Sirdaryo hamda Toshkent viloyati okrug saylov komissiyalari raislarining axboroti to‘g‘risida

Shundan so‘ng yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha OAV vakillari ishtirokida press-brifing tashkil etiladi.

Press-brifingni siz soat 12:45 da "O‘zbekiston 24", "UzReport" va "O‘zbekiston" telekanallarida - o‘zbek tilida, "Oilaviy" telekanalida - rus tilida hamda "Dunyo bo‘ylab" telekanali orqali ingliz tilida jonli tomosha qilishingiz mumkin bo‘ladi.