Saylov byulletenini to‘ldirilgan holda yoki uni to‘ldirish jarayonini suratga yoki videoga olish, olingan tasvirlarni tarqatish, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish taqiqlanadi. Ushbu xati-harakat saylovning yashirin ovoz berish prinsipini buzish demakdir.
Hurmatli fuqarolar yashirin ovoz berish prinsipini saqlagan holda, saylov byulletenini ovoz berib bo‘lgach suratga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmasligingiz so‘raladi.