2023-yil 3-iyul kuni soat 10:00da Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.
Majlis kun tartibidan muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish davrida Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlar, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni hamda ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish masalalari o‘rin olgan.
Majlis tafsilotlarini Markaziy saylov komissiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamda YouTube platformasi orqali kuzatib borishingiz mumkin.