• eye Maxsus imkoniyatlar
YeXHT DIIHB delegatsiyasi vakillari Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizamxodjayev bilan uchrashadi
13.06.2022
846
2022-yilning 14-17-iyun kunlari Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Tashrif dasturiga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Tashqi ishlar vazirligi va boshqa davlat organlari, jamoat tashkilotlarida uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Tashrifdan asosiy maqsad 2021-yil 24-oktabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha DIIHB missiyasining yakuniy hisobotini taqdim etishdan iborat.

Shu munosabati bilan, ertaga, 14-iyun kuni soat 11:00da Markaziy saylov komissiyasida YXHT DIIHB delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkaziladi.
 
Mazkur tadbirda ishtirok etish istagidagi ommaviy axborot vositalari vakillarini 14 iyun, soat 09:00 ga qadar quyidagi manzil orqali ro‘yxatdan o‘tishlarini so'raymiz.

https://t.me/mskmatbuotxizmati_bot