• eye Maxsus imkoniyatlar
Hududiy trenerlarga uslubiy va amaliy ko‘mak berish, ta’lim sifatini monitoring qilishni tashkil etishga mas’ul bo‘lgan monitoring guruhlarining ASOSIY VAZIFALARI
17.07.2021
1475

Toshkent shahrida joylashgan OTMlaridan shakllantirilgan monitoring guruhlari o‘zlari biriktirilgan hududlarda saylov komissiyalariga nomzodlarni o‘qitishni tashkil qilish va ular sifatini ta’minlashga to‘g‘ridan-to‘g‘ri mas’ul sanaladilar.

Monitoring guruhlari Qoroqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahriga biriktirilib, ular zimmasiga quyidagi vazifalarni bajarish yuklatiladi:

Tegishli hududdagi tumanlar kesimida monitoring o‘tkazish grafigini ishlab chiqish.
USKlar uchun mo‘ljallangan binolarda hududiy trener (mas’ul)lar tomonidan o‘quv jarayoni o‘z vaqtida tashkil qilinishini monitoring qilish.
O‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha hududiy trener (mas’ul)larga metodik va amaliy yordam ko‘rsatish.
Hududiy trener (mas’ul)lar tomonidan o‘quv dasturlariga qanchalik rioya qilinayotganligini monitoring qilish va o‘quv sifatini baholash. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish yoki bartaraf etish choralarini ko‘rish.
O‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha hududiy trener (mas’ul)larga master-klaslar o‘tkazish orqali uslubiy ko‘rsatmalar berish.
Elektron ta’lim platformasidan foydalanish darajasini tahlil qilish va yuzaga kelgan muammo hamda kamchiliklarni bartaraf qilishda amaliy yordam berish.
O‘quv kursi yakuni bo‘yicha tanlov asosida tinglovchilar bilimini individual suhbat qilish orqali baholash va natijasini hududiy trener (mas’ul)lar bilan muhokama qilish.
O‘quv kursi yakuni bo‘yicha tinglovchilarni test sinovlaridan o‘tkazish va natijalarini hududiy trener (mas’ul)lar bilan muhokama qilish.
Birinchi davra dars mashg‘ulotlarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni keyingi davra dars mashg‘ulotlarida qaytarilmasligi choralarini ko‘rish.
Monitoring guruhi faoliyat natijalari haqidagi axborotlarni Respublika va hududiy shtablariga o‘z vaqtida taqdim etish.