• eye Maxsus imkoniyatlar
Kimlar referendumda ishtirok etish huquqiga ega?
19.04.2023
1943

Referendum kuni va referendumgacha 18 yoshga to‘lgan fuqarolar ovoz berishda ishtirok etish huquqiga ega.

Referendumga oid maʼlumotlar qaysi qonun hujjatlariga asoslanadi?

-  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

-  O‘zbekiston Respublikasi referendum to‘g‘risidagi qonun

-  Va boshqa qonun hujjatlari

Referendum fuqarolarning o‘z xohish-irodasini umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri bildirishi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Har bir fuqaro bir ovozga ega.

Kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqeyi, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, maʼlumoti, tili, dinga munosabati, mashg‘ulotining turi va xususiyatiga qarab fuqarolarning referendumda qatnashish huquqlarini bevosita yoki bilvosita cheklash man etiladi.

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar referendumda ishtirok etish huquqiga ega emas.