• eye Maxsus imkoniyatlar
Muddatidan oldin ovoz berish tartibi
19.04.2023
2552

Referendum kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan ovoz beruvchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.

Muddatidan oldin ovoz berish referendumga o‘n kun qolganida boshlanadi va referendumga uch kun qolganida tugallanadi.

1. Muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun ovoz beruvchi fuqaro tegishli uchastka komissiyasi aʼzosiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ko‘rsatadi hamda referendum kunida bo‘la olmasligining sababi, jumladan, taʼtil, xizmat safari, xorijga chiqish kabi sabablar ko‘rsatilgan ariza asosida tegishli uchastka  komissiyasidan ovoz berish byulletenini va konvertni oladi.

2. Ovoz beruvchi fuqaro byulletenni olganligi haqida tegishli uchastka komissiyasining kamida ikki nafar aʼzosi hozirligida ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati ko‘chirmasiga imzo qo‘yadi.

3. Ovoz berish byulleteni maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida ovoz beruvchi tomonidan mustaqil qaror qabul qilishi orqali to‘ldiriladi.

4. Ovoz beruvchi to‘ldirilgan ovoz berish byulletenini konvertga soladi va yelimlab yopadi.

5. Ovoz beruvchi to‘ldirilgan ovoz berish byulletenini yopiq konvertda uchastka komissiyasi aʼzosiga topshiradi.

6. Uchastka komissiyasining ikki nafar aʼzosi ovoz beruvchi hozirligida konvertning yopiqligini tekshiradi va konvertning yelimlangan joyiga uchastka komissiyasining ikki nafar aʼzosining imzolari qo‘yilib, ular komissiyaning muhri bilan tasdiqlanadi.

Konvert ovozlarni sanab chiqish jarayoniga qadar uchastka komissiyasining seyfida saqlanadi.

Muddatidan oldin ovoz berish 2023-yil 19-aprel kuni boshlanib, 2023-yil 26-aprel kuni yakunlanadi.

Referendum uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish vaqti ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam olish va bayram kunlari soat 12:00 dan soat 16:00 ga qadar amalga oshiriladi.