• eye Maxsus imkoniyatlar
AQSHning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Daniyel Rozenblyum ishtirokidagi uchrashuv
08.07.2019
3835
2019-yil 8-iyul kuni Markaziy saylov komissiyasida AQSHning Oʻzbekistodagi Favqulodda va muxtor elchisi Daniyel Rozenblyum ishtrokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

2019-yil 8-iyul kuni Markaziy saylov komissiyasida AQSHning Oʻzbekistodagi Favqulodda va muxtor elchisi Daniyel Rozenblyum ishtrokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tadbir avvalida elchi D.Rozenblyumni diplomatik missiya rahbari etib tayinlangani munosabati bilan ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish va doʻstona munosabatlarni mustahkamlashda muvaffaqiyatlar tilab oʻtildi.

photo_2019-07-08_17-33-08.jpg

Shundan soʻng Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov saylov sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼlumot berib oʻtdi. Saylov komissiyalari faoliyati samaradorligini oshirish, komissiya aʼzolarini oʻqitish, saylov standartlari va tartib-taomillarini birlashtirgan yagona Saylov kodeksining qabul qilinishi, shuningdek, Oʻzbekiston vakillarining chet davlatlarda xalqaro kuzatuvchilar sifatida ishtiroki bilan tanishtirdi.

photo_2019-07-08_17-32-48.jpg

Uchrashuv ishtirokchilari tomonidan mamlakat parlamenti va mahalliy hokimiyat vakillik organlariga boʻlib oʻtadigan saylovlarga tayyorgarlik koʻrish, saylovchilarning yagona elektron roʻyxatini shakillantirish va ulardan foydalanish boʻyicha dolzarb masalalar muhokama etildi.

Ikki tomonlama muloqot davomida tomonlar xalqaro tashkilotlar, xorijiy saylov organlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga ham alohida eʼtibor qaratdilar. Shu munosabat bilan, mehmonlarga YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha Byurosining Ehtiyojlarni baholash Missiyasining kelgusi tashrifi haqida maʼlumot berildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish boʻyicha konstruktiv muloqotga tayyor ekanliklarini bildirib oʻtdilar.

Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati