• eye Maxsus imkoniyatlar
BMT Ehtiyojlarni baholash missiyasi Oʻzbekistondagi saylovlarni oʻtkazishda yordam berishni tavsiya etdi
04.09.2019
3369
Uchrashuvda saylovlarni oʻtkazishda hamkorlik dasturini ishlab chiqish, shu yilning 23-30-iyul kunlari BMT Ehtiyojlarni baholash missiyasining (EBM) saylovlarni oʻtkazish bilan bogʻliq tashrifi natijalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasida saylov jarayonini oʻtkazishga koʻmaklashish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuvda saylovlarni oʻtkazishda hamkorlik dasturini ishlab chiqish, shu yilning 23-30-iyul kunlari BMT Ehtiyojlarni baholash missiyasining (EBM) saylovlarni oʻtkazish bilan bogʻliq tashrifi natijalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasida saylov jarayonini oʻtkazishga koʻmaklashish masalalari muhokama etildi.

EBMga mamlakatdagi saylov muhitini, saylov jarayonini muvofiqlashtiruvchi huquqiy va institutsional doiralarni, shuningdek, saylovning turli ishtirokchilari imkoniyatlari va ehtiyojlarini baholash vazifasi yuklatilgan edi.

EBMning hisobotida BMTning Oʻzbekistonda saylovlarni oʻtkazishda bosqichma-bosqich texnik koʻmak koʻrsatishi mumkinligi taʼkidlab oʻtilgan.

Uchrashuv chogʻida boʻlajak texnik koʻmakning bosqichlari atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, 2019-yilning dekabr oyiga rejalashtirilgan saylovlarni qamrab oluvchi dastlabki bosqichda MSKning saylov komissiyalari xodimlarini oʻqitishga doir harakatlarini qoʻllab-quvvatlash, saylovchilar uchun oʻquv materiallarini ishlab chiqish hamda jamoatchilikka keng maʼlumot berish va hokazolar koʻzda tutilgan.

Ikkinchi bosqich 2021-yilning soʻnggiga qadar moʻljallangan boʻlib, MSKning institutsional va texnik qudratini mustahkamlashga qaratilgan.

Dan Malinovichning tashrifi doirasida Oliy Majlis palatalari, Oliy Majlisning inson huquqlari boʻyicha vakili idorasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy sud, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston nogironlar assotsiatsiyasida uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Uchrashuvlar davomida bildirilgan taklif va mulohazalar asosida MSK bilan yaqin hamkorlikda keng koʻlamli loyiha ishlab chiqiladi.


Markaziy saylov komissiyasi 
Matbuot xizmati