Tadbir Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi va Moskva shahri hukumati tomonidan tashkil etildi.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada 90 dan ortiq ishtirokchilar qatnashmoqda: xalqaro tashkilotlar va 30 dan ortiq davlatlardan saylov organlari vakillari.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M. Abdusalomov Oʻzbekiston saylov jarayonini takomillashtirish, shu jumladan, yaqinda qabul qilingan Saylov kodeksidagi yangi kiritilgan tartib, qoida va saylov jarayonini boshqarish axborot tizimini joriy etish amaliyoti toʻgʻrisida maʼruza qildi.
Shuningdek, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning yalpi majlisida turli mamlakatlarning 20 dan ortiq saylov organlari vakillarining maʼruzalari tinglandi.
Xalqaro konferensiya oʻz ishini 8-sentyabrga qadar davom ettiradi.
Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati