• eye Maxsus imkoniyatlar
Oʻzbekiston delegatsiyasi Moskva shahar Dumasiga tashrif buyurdi
08.09.2019
3582
Moskva shahar Dumasi raisi Aleksey Shaposhnikov konferensiya ishtirokchilarini poytaxt parlamentining tashkiliy tuzilmasi, uning funksiya va vazifalari bilan tanishtirdi hamda Duma vakillarining Birlashgan ovoz berish kuniga tayyorgarlik koʻrishdagi ishtiroki toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Moskva shahar Dumasi raisi Aleksey Shaposhnikov konferensiya ishtirokchilarini poytaxt parlamentining tashkiliy tuzilmasi, uning funksiya va vazifalari bilan tanishtirdi hamda Duma vakillarining Birlashgan ovoz berish kuniga tayyorgarlik koʻrishdagi ishtiroki toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston delegatsiyasi  Moskva shahar Dumasi VII chaqiriq deputatlari saylovini nazorat qilish va monitoringini amalga oshirish boʻyicha jamoat markaziga ham tashrif buyurdi.

Jamoatchilik shtabi rahbari oʻrinbosari – Moskva shahar jamoat palatasining fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha komissiyasi raisi oʻrinbosari Vadim Kovalyov delegatsiya aʼzolarini shtab faoliyati, tashkiliy tuzilmasi hamda oʻtkazilayotgan tadbirlari bilan tanishtirdi.

V. Kovalyov shtabda Moskvadagi barcha saylov uchastkalari video-translyatsiya orqali masofadan turib monitoring qilinishini alohida taʼkidladi. Huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda, Jamoatchilik shtabi ushbu maʼlumotlarni koʻrib chiqish va bartaraf etish uchun tegishli saylov komissiyasiga yuboradi.

Shuningdek, V. Kovalyov VII chaqiriq Moskva shahar Dumasi deputatligiga saylovlarda shaharning uchta saylov okrugida ilk bor eksperimental elektron ovoz berish tashkil etilganini taʼkidladi. Moskva shahar jamoat palatasi Kengashining 2019-yil 25-iyundagi qaroriga binoan saylovlarni internet orqali kuzatish uchun Saylovlarni monitoring va nazorat qilish jamoat shtabi tarkibida “Elektron shtab” (“e-shtab”) tashkil etildi.

Tashrif davomida Markaziy saylov komissiyasi delegatsiyasi Moskva shahar Dumasiga saylovlar bilan bogʻliq boshqa tadbirlar bilan ham tanishadi.

Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati