Dan Malinovich Markaziy saylov komissiyasiga qilgan tashrifidan tashqari Oliy Majlis palatalari, Oliy Majlisning inson huquqlari boʻyicha vakili idorasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy sud, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston nogironlar assotsiatsiyasida ham uchrashuvlar oʻtkazdi.
Joriy yilning 10-sentyabr kuni MSKda mutaxassisning Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov bilan yakuniy uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Tashrif chogʻida ikki bosqichdan iborat keng koʻlamli loyihaning kelajakdagi asosiy yoʻnalishlari muhokama qilindi. Loyihaning birinchi bosqichi saylovga qadar boʻlgan davr uchun, yaʼni 2019-yilning dekabr oyigacha moʻljallangan boʻlib, unda MSK faoliyatiga yordam berish va saylovlar boʻyicha xalqaro ekspert belgilash, saylov tashkilotlaridan va OAVda saylov jarayonlarini yoritish boʻyicha jurnalistlar, blogerlar malakasini oshirishga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazishdan iborat.
2020-2021-yillarda loyihaning ikkinchi bosqichi amalga oshiriladi va unda saylovchilarni roʻyxatga olish va ovoz berish jarayonlarini moddiy-texnik qoʻllab-quvvatlash, saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar boʻyicha oʻquv markazning institutsional salohiyatini mustahkamlash va yanada takomillashtirish, shuningdek, fuqarolarning saylov faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshiriladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar shu yilning oktyabr oyidan ushbu loyiha faoliyatini yoʻlga qoʻyish haqida kelishib oldilar.
Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati