• eye Maxsus imkoniyatlar
Demokratiya va saylovlar mavzusi YEXHTning inson huquqlari boʻyicha konferensiya eʼtiborida
17.09.2019
3971
Joriy yilning 16-sentyabr kuni Varshava shahrida (Polsha) Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YEXHT) Inson mezonlari sohasidagi majburiyatlarni bajarish tahliliga bagʻishlangan 23- kengashining ikkinchi kunida demokratiya normalariga rioya etish va demokratik saylovlarni oʻtkazish masalalari koʻrib chiqildi.

Joriy yilning 16-sentyabr kuni Varshava shahrida (Polsha) Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YEXHT) Inson mezonlari sohasidagi majburiyatlarni bajarish tahliliga bagʻishlangan 23- kengashining ikkinchi kunida demokratiya normalariga rioya etish va demokratik saylovlarni oʻtkazish masalalari koʻrib chiqildi.

Uchinchi ish sessiyasi doirasida yigʻilish tashkilotchilari ishtirokchilarni “Demokratik institutlar, shu jumladan milliy, mintaqaviy va mahalliy darajadagi demokratiya, demokratik saylovlar” - mavzusini muhokama qilishga taklif etdilar.

Ushbu masalani muhokama qilish chogʻida Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi aʼzosi G.Rahimova oʻz nutqi bilan ishtirok etib mamlakatimizda joriy yil dekabr oyida boʻlib oʻtadigan parlament va mahalliy vakillik organlari saylovlari - Oʻzbekistonning siyosiy hayotidagi eng muhim voqeasi ekanligini taʼkidlab oʻtdi.

Qayd etilganidek, saylovlarga tayyorgarlik koʻrish jamiyatni demokratlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish, eng avvalo YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi saylovni kuzatish missiyasining tavsiyalarini hisobga olgan holda, mamlakatimiz saylov tizimini modernizatsiya qilish sharoitlarida amalga oshirilmoqda.

Oʻtgan vaqt mobaynida Oʻzbekiston ushbu tavsiyalarnining bir qismini amalga oshirdi va xalqaro saylov standartlarga javob beradigan yagona saylov kodeksi qabul qilinishi, milliy saylov tizimiga saylovlarni boshqarish boʻyicha axborot tizimi va saylovchilarning yagona elektron roʻyxatini joriy etilishi, saylov organlari faoliyatini takomillashtirishi va boshqa qator chora-tadbirlar buning misolidir.

Shuningdek, G.Rahimova oʻz nutqida boʻlajak saylovlarni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarga ham toʻxtalib oʻtdi.

Xususan, aholini boʻlajak saylovlar borasidagi xabardorligini oshirish rejasining bajarilishi; okrug va uchastka saylov komissiyalari aʼzolarini saylovlarni oʻtkazishning barcha jihatlari boʻyicha sifatli oʻqitishga yoʻnaltirilgan kaskad uslubidagi treninglarni butun mamlakat boʻylab tashkil etilganligi; saylovchilarning yagona elektron roʻyxatini amaliyotga joriy qilinishi va imkoniyati cheklangan shaxslarning ovoz berishda ishtirok etishlari uchun zarur sharoitlar yaratilishi boʻyicha saʼyi-harakatlar; boʻlajak saylovlarni yoritilishini samarali tashkil etish maqsadida Markaziy saylov komissiyasining koll-sentr imkoniyatiga ega Xalqaro matbuot markazi faoliyatining yoʻlga qoʻyilganligi va boshqa xozirlik koʻrilayotgan tadbirlarga toʻxtalib oʻtdi.

Ahamiyatlisi, Oʻzbekiston xalqining erkin irodasi kafolati boʻlmish, demokratik jarayonni xolis baholashga imkon beradigan bu yilgi boʻlajak parlament saylovlarini YEXHTning DIIHB missiyasi tomonidan keng miqyosda kuzatib borishi alohida qayd etildi.

Maʼruza yakunida, G.Rahimova koʻrilgan chora-tadbirlar, shubhasiz, davlat organlarini shakllantirish jarayonida siyosiy partiyalarning faol ishtiroki va erkin raqobati uchun, fuqarolarning vakillik organlariga saylash va saylanish uchun konstitutsiyaviy huqularini amaga oshirishda zarur shart-sharoit yaratishini taʼminlashda dasturil amal boʻlishini qayd etdi.

Konferensiya ishi davom etmoqda.


Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati