• eye Maxsus imkoniyatlar
Ekspert guruhlarining imzo varaqalarini tekshirish yakunlari boʻyicha axboroti
15.10.2019
1972
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Ekspert guruhlarining siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalarini tekshirish yakunlari boʻyicha axboroti

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Ekspert guruhlarining siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalarini tekshirish yakunlari boʻyicha axboroti.

Malumki, shu yil 7-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalarining toʻgʻri toʻldirilganligini tekshiruvchi ekspert guruhlarini tuzish toʻgʻrisida”gi qarori asosida ikkita ekspert guruhlari tuzilgan edi. Birinchi ekspert guruhiga Baxodir Yunusov , ikkinchi ekspert guruhiga Qurbonqulov Suyarjon rahbarlik kildi.


Ekspert guruhi shuni malum qiladiki, Respublikamizdagi beshta siyosiy partiyalar tomonidan 2019-yil 10-oktyabr kuni imzo varaqalari quyidagi ketma ketlikda topshirgan edilar.


Birinchi – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi;

Ikkinchi- Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi;

Uchinchi- Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi;

Toʻrtinchi- Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi;

Beshinchi- Oʻzbekiston Ekologik partiyasi.

Malumot uchun, siyosiy partiyalarning ommaviy axborot vositalarida targʻibot ishlarini olib borish tartibi ham shu ketma-ketlikda amalga oshirilishi lozim boʻladi.

Ekspert guruhlari imzo varaqalarini yuqorida sanab oʻtilgan ketma-ketlikda shu yil 11-13-oktyabr kunlari siyosiy partiyalarning Vakolatli vakillari ishtirokida Saylov kodeksi talablariga qatʼiy rioya qilgan holda tekshirib chiqdik.

Markaziy saylov komissiyasiga har bir siyosiy partiya 40 mingtaga qoʻshimcha 10 foizi bilan jami 44 mingtadan imzolar taqdim etgan.

Saylov kodeksida imzo varaqalarining topshirish belgilangan zaruriy miqdorning kamida 15 foizi tekshirilishi belgilangan. Shundan kelib chiqqan holda tekshirish uchun har bir maʼmuriy-hududiy tuzilmadan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahridan) teng nisbatda 440 tadan jami 6160 tadan imzolar tanlab olinib tekshirildi.

Imzolarning barchasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan berilgan imzo varaqalarida blankalarida tartibli toʻldirilganligi aniqlandi. Hududlar nomlari, imzo qoʻygan shaxslarning malumotlari, yashash manzillari, imzo qoʻygan sanalari aniq koʻrsatilgan va imzolarni toʻplagan shaxsning malumotlari kiritilgan va hududiy partiya tashkiloti muhri bilan tasdiqlangan. Barcha mamuriy-hududiy birliklardan 8 foizlik meʼyorga amal qilingan va bir xil miqdorda toʻldirilgan.

Shuningdek, ekspertlar tomonidan maxsus moslamalar bilan sinchiklab tekshirish davomida ayrim imzo varaqlaridagi imzolar ichida bir shaxs tomonidan bir nechta imzolar qoʻyilganligi, pasport raqamlari qoʻyilmagan, yani haqiqiy emas deb topishga asos boʻluvchi holatdagi xatoliklar ham mavjudligi aniqlandi, lekin bunday xatoliklar sezilarli darajada oz miqdorda ekanligi malum boʻldi.

Birinchi siyosiy partiya - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi tomonidan taqdim etilgan imzolarni tekshirish yakunlari boʻyicha Ekspert guruhi xulosasida siyosiy partiya tomonidan zaruriy miqdordagi 40 mingta haqiqiy imzolar taqdim etilganligi malum qilindi.

1-Ekspert guruhi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari qonun talablariga mos holda toʻgʻri toʻldirilgan deb xulosa taqdim etdi.

Shuningdek, partiya tomonidan Markaziy saylov komissiyasiga saylovda ishtirok etish toʻgʻrisida partiya rahbari tomonidan imzolangan ariza, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi eʼlon qilingan kundan kamida toʻrt oy oldin roʻyxatga olinganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma taqdim etilgan. 

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati saylovida ishtirok etishga va deputatlikka nomzod koʻrsatish huquqini berish maqsadga muvofiq deb hisoblandi.

Ikkinchi siyosiy partiya - Oʻzbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi tomonidan taqdim etilgan imzolarni tekshirish yakunlari boʻyicha Ekspert guruhi xulosasi boʻyicha siyosiy partiya tomonidan zaruriy miqdorda 40 mingta haqiqiy imzolar taqdim etilganlitgi malum qilindi.

1-Ekspert guruhi Oʻzbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari qonun talablariga mos holda toʻgʻri toʻldirilgan deb xulosa taqdim etdi.

Oʻzbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi Markaziy saylov komissiyasiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati saylovida ishtirok etishga va deputatlikka nomzod koʻrsatish huquqini berish boʻyicha arizani va saylovdan kamida toʻrt oy oldin Adliya vazirligidan roʻyxatdan oʻtganligini tasdiqlovchi malumotni taqdim etgan. 

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati saylovida ishtirok etishga va deputatlikka nomzod koʻrsatish huquqini berish maqsadga muvofiq deb hisoblanadi.

Uchinchi siyosiy partiya - Milliy tiklanish demokratik partiyasi tomonidan taqdim etilgan imzolarni tekshirish yakunlari boʻyicha Ekspert guruhi xulosasi boʻyicha siyosiy partiya tomonidan zaruriy miqdorda 40 mingta haqiqiy imzolar taqdim etilganligi malum qilindi. 

1-Ekspert guruhi Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari qonun talablariga mos holda toʻgʻri toʻldirilgan deb xulosa taqdim etdi.

Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Markaziy saylov komissiyasiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati saylovida ishtirok etishga va deputatlikka nomzod koʻrsatish huquqini berishni soʻrab arizani va saylovdan kamida toʻrt oy oldin Adliya vazirligidan roʻyxatdan oʻtganligini tasdiqlovchi malumotni taqdim etgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati saylovida ishtirok etishga va deputatlikka nomzod koʻrsatish huquqini berish maqsadga muvofiq deb hisoblanadi.

Toʻrtinchi -Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan taqdim etilgan imzolarni tekshirish yakunlari boʻyicha ikkinchi Ekspert guruhi xulosasi boʻyicha Ekspert guruhi Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari qonun talablariga mos holda toʻgʻri toʻldirilgan deb xulosa taqdim etdi.

Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy saylov komissiyasiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati saylovida ishtirok etish va deputatlikka nomzod koʻrsatish huquqini berishni soʻrab arizani va saylovdan kamida toʻrt oy oldin Adliya vazirligidan roʻyxatdan oʻtganligini tasdiqlovchi malumotni taqdim etganligi malum qilindi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati saylovida ishtirok etishga va deputatlikka nomzod koʻrsatish huquqini berish maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. 

Beshinchi -Oʻzbekiston Ekologik partiyasi tomonidan taqdim etilgan imzolarni tekshirish yakunlari boʻyicha Ekspert guruhi xulosasi boʻyicha siyosiy partiya tomonidan toʻplangan 40 mingta imzolar toʻgʻri toʻldirilganligi malum boʻldi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, 2-Ekspert guruhi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari qonun talablariga mos holda toʻgʻri toʻldirilgan deb xulosa taqdim etdi.

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy saylov komissiyasiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati saylovida ishtirok etish va deputatlikka nomzod koʻrsatish huquqini berishni soʻrab arizani va saylovdan kamida toʻrt oy oldin Adliya vazirligidan roʻyxatdan oʻtganligini tasdiqlovchi malumotni taqdim etgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Ekologik partiyasiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati saylovida ishtirok etishga va deputatlikka nomzod koʻrsatish huquqini berish maqsadga muvofiq deb hisoblanadi.