• eye Maxsus imkoniyatlar
Yashnobod tumanida okrug saylov komissiya aʼzolari bilan seminar mashgʻuloti oʻtkazildi
17.10.2019
2020
2019-yil 17-oktyabr kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga saylov oʻtkazuvchi shahar saylov komissiyasining Yashnobod tumanida okrug saylov komissiya aʼzolari bilan seminar mashgʻuloti oʻtkazildi.

2019-yil 17-oktyabr kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga saylov oʻtkazuvchi shahar saylov komissiyasining Yashnobod tumanida okrug saylov komissiya aʼzolari bilan seminar mashgʻuloti oʻtkazildi.

Seminar mashgʻulotida qatnashchilarga tuman saylov komissiyalari oldida turgan vazifalar, Xalq deputatlari shahar va tuman Kengashiga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining Saylov kodeksi 22-moddasida belgilangan vakolatlarni amalga oshirish hamda tuziladigan saylov uchastkalari joylashuvi, markazi uchun ajratiladigan binolar va saylovchilar xaqidagi maʼlumotlarni xar tomonlama aniq va puxta boʻlishini taʼminlash masalalari atroflicha tushuntirildi.

Maʼlumki, Toshkentda shahar Kengashiga 60 ta, tuman Kengashlariga 327 ta saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalari tarkibi tasdiqlangan. Bugungi kunda okrug saylov komissiyalari oʻzlari uchun ajratilgan binolarda faoliyatini boshladi.

Seminar mashgʻulotida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Saylov komissiyasi kotibiyati rahbari X.Mamatov, Markaziy Saylov komissiyasi aʼzosi B.Yunusovlar ishtirok etdilar.

Markaziy Saylov komissiyasi aʼzolari seminar qatnashchilariga bugungi kunda Markaziy Saylov komissiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, “Yangi Oʻzbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida yangi Saylov kodeksining mazmun mohiyati saylovchilar, saylov tashkilotchilari va aholiga keng qamrovli targʻibot orqali yetkazish boʻyicha maʼlumot berdilar.

Seminar qatnashchilari Markaziy Saylov komissiyasining qaroriga asosan 2019-yil 20-oktyabrdan 20-noyabrga qadar saylov qonunchiligi targʻiboti oyligida faol ishtirok etishlarini va saylovlarni xar tomonlama yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha oʻz fikrlarini bildirdilar.

Seminar davomida Markaziy Saylov komissiyasi aʼzolari seminar qatnashchilari savollariga aniq misollar bilan javob berdilar.

Toshkent shahar saylov komissiyasi
Matbuot xizmati