• eye Maxsus imkoniyatlar
O‘zbekistonga YeXHT DIIHBning saylov jarayonlarini kuzatish buyicha to‘laqonli missiyasi tashrif buyurdi
23.11.2019
2785
2019-yilning 23-noyabridan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining saylov jarayonlarini kuzatish buyicha to‘laqonli missiyasi ish boshlashni rejalashtirmoqda.

2019-yilning 23 noyabridan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining saylov jarayonlarini kuzatish buyicha to‘laqonli missiyasi ish boshlashni rejalashtirmoqda.

Missiyani italiyalik Kaetana De Zulueta Outram boshqaradi. Missiya tarkibidan siyosiy, saylovlar, yuridik va OAV masalalari bo‘yicha ekspertlar o‘rin olgan.

Saylovni kuzatish missiyasi saylovni baholashda YeXHT majburiyatlari, demokratik saylov o‘tkazilishining xalqaro standartlari va talablari hamda milliy qonunchilikka tayanadi. Kuzatuvchilar saylov kampaniyasi tadbirlarini, saylov ma’muriyati va mutasaddi tashkilotlar faoliyatini, qonunchilikka rioya qilish jarayonlarini kuzatadi. Ekspertlar saylov tadbirlari ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritilishini monitoring qilib boradi.

YeXHT DIIHB Kuzatuvchilari cheklangan missiyasining o‘ttizga yaqin kuzatuvchisi ishtirok etgan avvalgi parlament saylovlaridan farqli o‘laroq, bo‘lajak saylovlarda uch yuzga yaqin vakil ishtirok etishi kutilmoqda. Saylov kuni kuzatuvchilar saylov uchastkalarining ochilishi, ovoz berish jarayoni, ovozlarni sanash va uning natijalarini taqdim qilish jarayonlarini kuzatadi.

Missiya raxbariyati va a’zolari 25-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Markaziy saylov komissiyasida uchrashuvlari o‘tkazishni rejalashtirgan. Shu bilan birga missiya tomonidan OAV vakillari uchun matbuot anjumani ham tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.



Markaziy saylov komissiyasi
Matubot xizmati