• eye Maxsus imkoniyatlar
Xalqaro Matbuot markazi Toshkent viloyati bo‘limining rasmiy MUNOSABATI
15.12.2019
2445
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Qibray tumanidagi 417-saylov uchastkasi faoliyatida amaldagi qonunchilikka zid holat mavjudligiga doir axborot tarqaldi.

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Qibray tumanidagi 417-saylov uchastkasi faoliyatida amaldagi qonunchilikka zid holat mavjudligiga doir axborot tarqaldi.

Gap shundaki, xalq deputatlari Qibray tuman kengashiga tumandagi 9-saylov okrugidan O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasi tomonidan nomzodi ko‘rsatilgan Dilfuza Rahimova ayni paytda 4-umumta’lim maktabi direktori sifatida faoliyat yuritadi. Bu maktabda 417-saylov uchastkasi joylashgan bo‘lib, bevosita D. Rahimovaning qo‘l ostidagi xodimi Shoira Abdurazzoqova mazkur uchastka saylov komissiyasi raisi sifatida faoliyat yuritib kelgan. Xolbuki, mazkur nomzod uchun ham aynan shu uchastkada saylov o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Saylov Kodeksining 25-moddasida saylov komissiyasi a’zolariga qo‘yiladigan talablar belgilangan bo‘lib, boshqa saylov komissiyalarining a’zolari, siyosiy partiyaning a’zolari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, prokuratura organlarining, sudlarning mansabdor shaxslari, nomzodlarning yaqin qarindoshlari va ishonchli vakillari, shuningdek nomzodlarga bevosita bo‘ysunuvchi shaxslar saylov komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin emas.

Xalqaro Matbuot markazi viloyat bo‘limi mazkur uchastkani tashkil etgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 97-“Qibray” okrug saylov komissiyasi raisi Abdurahim Nurmurodov bilan bog‘lanib, e’tirozli vaziyatni o‘rgandi.

Chindan ham, 417-saylov uchastkasi tumandagi 4-umumta’lim maktabi binosida joylashgan va uchastka saylov komissiyasi raisi Sh. Abdurazzoqova 4-umumta’lim maktabida o‘qituvchi bo‘lib ishlashi fakti tasdiqlangan. Ayni paytda 97-“Qibray” saylov okrugi raisining qarori bilan Sh. Abdurazzoqova 417-uchastka saylov komissiyasi raisi vazifasidan ozod etildi. Shuningdek,  u mazkur  uchastka saylov  komissiyasi a’zoligidan ham  chiqarildi. Uning o‘rniga Xalq deputatlari tuman kengashi tavsiyasiga asosan, tumandagi 9-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari  N. Magdaliyeva mazkur uchastka saylov komissiyasi raisi vazifasiga tasdiqlandi.

Xalqaro Matbuot markazi Toshkent viloyati bo‘limi