• eye Maxsus imkoniyatlar
Turkiyaning Kastamonu viloyatida O‘zbekiston fuqarolari uchun muddatidan oldin saylov tashkil etildi
15.12.2019
1664
O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi qoshida tashkil etilgan 3-sonli saylov uchastkasida bu yilgi Parlament saylovlariga oid muddatidan oldin ovoz berish jarayoni belgilangan tartib asosida ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

2019 yilning 15 dekabr kuni ertalab soat 8:00 da (Toshkent vaqti bilan soat 10:00) Kastamonu shahridagi Kuzeykent maktabida O‘zbekiston madhiyasi yangrab ovoz berish jarayoni boshlandi. Saylov o‘tkazilgan xonada davlat ramzlari o‘rnatilgan hamda yashirin ovoz berish uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Fuqarolarimiz deputatlikka nomzodlarning tarjimai hollari hamda dasturlari bilan tanishib o‘zlari ma’qul deb topgan nomzodga ovoz berdilar. Saylov bayramona ruhda tashkil etilib, vatandoshlarimizga milliy taom palov tortiq etildi.
Elchixona ma’lumotiga ko‘ra, 17 dekabrda Konya hamda 18 dekabrda Karaman viloyatlarida ham muddatidan oldin saylov o‘tkazilishi rejalashtirilgan.