• eye Maxsus imkoniyatlar
Deputatlikka nomzodlar ishtirokidagi davra suhbati
18.12.2019
2116
Joriy yilning 18 dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro matbuot markazida Siyosiy partiyalarning Oliy majlis qonunchilik palatasiga nomzodlari ishtirokida  davra suhbati tashkil etildi.

Joriy yilning 18 dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro matbuot markazida Siyosiy partiyalarning Oliy majlis qonunchilik palatasiga nomzodlari ishtirokida  davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Rossiya Federasiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi, Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili, SHHT Bosh kotibining o‘rinbosari, Shanxay hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilari missiyasi rahbari,  MDH Kuzatuvchilari missiyasi shtab-kvartirasi rahbari, beshta siyosiy partiyalardan nomzodlar, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.

Tadbirni Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Sherzodxon Qudratxodjayev olib bordi. Savol-javob shaklida o‘tgan tadbirda siyosiy partiya nomzodlari xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi vakillari va joriy yildagi saylovlarni kuzatishga kelgan MDH, SHHT missiyasi rahbarlari tomonidan berilgan savollarga javob berishdi.

Jumladan, birinchi savolni Vladimir Tyurdenev – Rossiya Federasiyasining O‘zbekistondagi Favqulotda va muhtor elchisi boshlab berdi: “Siyosiy partiyalar nomzodlari kelgusida O‘zbekistonning horijiy davlatlar bilan  aloqalari rivojlanishini qanday ko‘rishmoqda?”

Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili Chjan Ven Chuan tomonidan “Joriy yildagi saylovlarning ochiq va shaffof o‘tishi uchun qanday ishlarni amalga oshirdingiz” – deb bergan savoliga besh siyosiy partiyaning vakillari javob berishdi.

“Bilamizki, O‘zbekiston har tomonlama xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. Jumladan, SHHT ning asosiy maqsadlaridan biri a’zo mamlakatlar orasida mintaqaviy xavfsizlikga erishish, savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish va madaniyat sohsidagi hamkorlikka erishishni o‘z oldiga qo‘ygan. Savolim shundan iboratki, siyosiy partiya nomzodlarining saylov dasturida bu masalalar qanchalik o‘rin olgan va nomzodlar qaysi sohadagi hamkorlikni muhim deb hisoblaydi.  – deya Se Syaoyun – SHHT Bosh sekretari o‘rinbosari, SHHT kuzatuvchilar missiyasi rahbari, nomzodlarga savol bilan murojaat qildi.

“Ayni vaqtda saylov kampaniyasi o‘z yakuniga yetmoqda. Savolim shundan iboratki, barcha siyosiy partiyalarga o‘z saylov kampaniyasini teng olib borishi uchun bir xil maydon yaratib berildimi? Umuman OAV siyosiy partiyalar saylov kampaniyasini bir xil yoridimi?  -  Yevgeniy Kozyak, MDH kuzatuvchilar missiyasi rahbari partiya nomzodlariga savol berdi.

Shuningdek, uchrashuvda Qonunchilik palatasiga da’vogar siyosiy partiyalardan nomzodlar mehmonlarni o‘z qarashlari va saylovoldi dasturlari bilan tanishtirdi. Tadbirda OAV vakillari ham ishtirok etdilar va uchrashuv so‘ngida ishtirokchilarga o‘z savollari bilan murojaat qildilar.

Markaziy Saylov Komissiyasining

Xalqaro Matbuot Markazi