19 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markziy saylov komissiyasida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibining o‘rinbosari Omer Kojaman bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Kengash ekspertlari Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan parlament saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish jarayoni bo‘yicha kuzatuvni amalga oshiradi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari saylovliga tayyorgarlik ishlari jamiyatni demokratlashtirish jarayonlari tobora kengayib borayotgan sharoitda o‘tkazilayotgani ta’kidlandi. Milliy saylov qonunchiligi tubdan yangilanib, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligi yuksalmoqda, siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyati institutlarining roli mustahkamlanib, saylovlar xalqaro standartlarga mos – ochiq-oshkora va shaffof o‘tishi uchun barcha sharoitlar yaratilayotir.
Omer Kojaman O‘zbekistonda fuqarolarning saylash va saylanish huquqidan teng va erkin foydalanishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniyati uchun minnatdorlik izhor etdi.
Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati