• eye Maxsus imkoniyatlar
Ilyas UMAXANOV: Faqat kuzatuvchi emas, balki o‘zbek xalqi yonida hamqadam bo‘lishni niyat qilganmiz
20.12.2019
1788
O‘zbekistondagi parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya Kengashi Raisining o‘rinbosari Ilyas UMAXANOV O‘zA muxbiriga intervyu berdi:

O‘zbekistondagi parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya Kengashi Raisining o‘rinbosari Ilyas UMAXANOV O‘zA muxbiriga intervyu berdi:

– Bugungi kunlar o‘zbek xalqi uchun ham juda ahamiyatlidir. Xususan, joriy yil 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovlarda o‘zbekistonliklar yangi parlamentni saylaydi. MDH Parlamentlararo assambleyasida O‘zbekiston Respublikasining o‘rni katta ahamiyatga ega. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ishonch, birodarlik, strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan hamkorlik aloqalari barcha yo‘nalishlar singari saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish borasida ham rivojlanib bormoqda.

Shunday dolzarb siyosiy jarayonlarda xalqaro kuzatuvchi sifatida taklif etilganimizdan xursandmiz. Biz faqat kuzatuvchi emas, balki o‘zbek xalqi yonida birga hamqadam bo‘lishni niyat qilganmiz. Dog‘istonning ulug‘ shoiri Rasul Hamzatovning bir gapi bor: “Har qanday vaziyatda do‘stlarning yonida bo‘lishdan ko‘ra, birga bo‘lish muhimroqdir”, deydi.

A.MUSAYEV, T.MAMADAMINOV (surat), O‘zA