• eye Maxsus imkoniyatlar
Kerolin Lemm: Saylovlar kelajak maqsadlarni belgilashga yordam beruvchi vositadir
20.12.2019
2051
O‘zbekistondagi parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm O‘zA muxbiriga intervyu berdi:

O‘zbekistondagi parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm O‘zA muxbiriga intervyu berdi:

– Men avval ham O‘zbekistonda bu kabi saylovlarda kuzatuvchi sifatida qatnashgan edim. Biroq bu galgi saylov jarayonlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik har jihatdan yuqori saviyada tashkil etilganiga guvoh bo‘ldim. Bugundan boshlab xalqaro kuzatuvchi sifatida joylarda tashkil qilingan saylov uchastkalariga bordik.

E’tiborlisi, aholi bilan muloqot qilganimda ularning ushbu siyosiy tadbirlarga alohida e’tibor bilan qarayotgani menda katta taassurot qoldirdi. Bu bejizga emas, albatta. Sababi saylovlar jamiyatda insonlar huquqlarini ta’minlovchi, erkin ovoz berish yo‘li bilan kelajak maqsadlarini belgilashga yordam beruvchi vositadir.

Xususan, bu galgi saylovlarda ilk marta ishtirok etadigan yoshlarning huquqiy savodxonligi va saylov qonunchiligidan xabardorligini oshirishda “Yangi O‘zbekiston, yangi saylovlar!“ shiori ostidagi targ‘ibot tadbirlari ham muhim ahamiyat kasb etadi.

A.Musayev, T.Mamadaminov (surat) O‘zA