• eye Maxsus imkoniyatlar
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASINING NAVBATDAGI MAJLISI
20.12.2019
1620
Joriy yilning 20 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Komissiya a’zolari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Joriy yilning 20 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Komissiya a’zolari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi kun tartibiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risidagi masala kiritilgan bo‘lib, unga asosan tayyorlangan qaror loyihasi Komissiya a’zolari tomonidan muhokama qilindi.

Muhokamada O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 42-moddasiga asosan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan96-Chirchiq saylov okrugidan nomzod etib ko‘rsatilgan hamda Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 15-noyabrdagi 984-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod etib ro‘yxatga olingan Mirgaziyeva Zuxra Turayevna o‘z ixtiyori bilan bergan arizasi ko‘rib chiqildi.

Komissiya a’zolarining bildirgan fikrlari va tasdiqlariga shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 42-moddalariga muvofiq 96-Chirchiq saylov okrugidan nomzod etib ko‘rsatilgan Mirgaziyeva Zuxra Turayevna O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ro‘yxatidan chiqarilishi hamda nomzodlik maqomidan mahrum qilinganligi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.