• eye Maxsus imkoniyatlar
MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi — ijrochi kotibi Sergey Lebedev O‘zbekistonda
20.12.2019
2551
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi— ijrochi kotibi Sergey Lebedev joriy yil 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarni kuzatish maqsadida O‘zbekistonga keldi. U MDH Ijroiya qo‘mitasi kuzatuvchilari missiyasiga rahbarlik qilmoqda.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi— ijrochi kotibi Sergey Lebedev joriy yil 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarni kuzatish maqsadida O‘zbekistonga keldi. U MDH Ijroiya qo‘mitasi kuzatuvchilari missiyasiga rahbarlik qilmoqda.

MDH Ijroiya qo‘mitasi xalqaro kuzatuvni tashkil qilishda katta tajriba, shuningdek, saylovlarni kuzatish bo‘yicha rivojlangan huquqiy bazaga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov bilan muloqot chog‘ida O‘zbekiston saylov qonunchiligidagi yangiliklar, saylov kampaniyasini tashkil etish, saylov jarayonlariga zamonaviy AKTni joriy etish, xotin-qizlarning saylovlardagi ishtirokini kuchaytirish, imkoniyati cheklangan fuqarolarning saylov huquqlarini ta’minlash borasida samarali ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Bu saylovlarni umume’tirof etgan xalqaro standartlar asosida, ochiq-oshkora va shaffof tashkil etishga xizmat qiladi. 

O‘zbekistonning xorijda istiqomat qilayotgan barcha fuqarolari uchun ovoz berish imkoniyatining yaratilgani milliy saylov tizimidagi ana shunday muhim yangiliklardandir. Avvallari bunday  siyosiy tadbirda faqat konsullik vakolatxonalaridan rasman ro‘yxatdan o‘tgan o‘zbekistonliklar o‘zlarining konstitusiyaviy huquqlaridan foydalangan. Endi chet elda vaqtincha yoki doimiy yashayotgan O‘zbekistonning barcha fuqarolari qirqqa yaqin mamlakatda tashkil etilgan ellik beshta saylov uchastkasida ovoz berishi mumkin.

Mustaqil demokratik yo‘ldan dadil odimlayotgan O‘zbekistonning eng ulug‘ maqsadi, avvalo, xalqingizning manfaatlari ko‘zlangan islohotlarni amalga oshirishga qaratilgani bilan xalqaro hamjamiyatning e’tiborini tortmoqda. Inson huquq va erkinligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga hamohang tarzda tashkil etilgan 2019 yil saylovlari ham bir qator yangiliklar joriy etilganligi bilan ahamiyatlidir. O‘z navbatida bu yangiliklar, demokratik saylov standartlariga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalari talablarini o‘zida mujassam etgan saylov kodeksida ham aks etganligini qayd etish mumkin. 182 nafar kuzatuvchidan iborat MDH Ijroiya qo‘mitasi missiyasi O‘zbekistonga tashrifi mobaynida ko‘plab viloyatlarda bo‘ladi va saylovlar yuzasidan o‘zining tegishli xulosalari va tafsiyalarini berishni rejalashtirgan.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi taklifiga binoan MDH Ijroiya qo‘mitasi kuzatuvchilari missiyasi 22 dekabrida bo‘lib o‘tadigan saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini kuzatib boradi.

 
Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati