• eye Maxsus imkoniyatlar
Nurjan SHAYLDABEKOVA: Xalqaro hamjamiyatning O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishi ortmoqda
20.12.2019
1724
Parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Qirg‘iziston Respublikasi Saylovlar va referendumlarni o‘tkazish bo‘yicha markaziy komissiyasi raisi Nurjan SHAYLDABEKOVA O‘zA muxbiriga intervyu berdi:

Parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Qirg‘iziston Respublikasi Saylovlar va referendumlarni o‘tkazish bo‘yicha markaziy komissiyasi raisi Nurjan SHAYLDABEKOVA O‘zA muxbiriga intervyu berdi:

– Biz Qirg‘iziston Respublikasidan O‘zbekistonda bo‘ladigan saylovlarni monitoring qilish va kuzatish maqsadida keldik. O‘zbekistonda bo‘layotgan o‘zgarishlarga qardosh respublika sifatida befarq emasmiz va qo‘llab-quvvatlaymiz.

Parlament saylovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rilganining guvohi bo‘layapmiz. Saylov qonunchiligida ham bir qator o‘zgarishlar sezilmoqda. Bu yilgi saylovlarga yangi Saylov kodeksi asosida demokratik tamoyillarga xos tayyorgarlik ko‘rilgani xalqaro normalar va standartlarga to‘la mos keladi. Saylovchilar yagona elektron ro‘yxatining shakllantirilgani ham e’tiborga molik jihatlardan biri. Umid qilamizki, mamlakatingizdagi har bir fuqaro saylash huquqidan to‘liq foydalanib, O‘zbekiston kelajagi uchun o‘z hissasini qo‘shadi.

Xalqaro hamjamiyatning ham O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishi ortmoqda. Bu haqda xorijiy mamlakatlar vakillari ham o‘zaro suhbatlarda ta’kidlashmoqda. Biz bundan juda xursandmiz.

Parlament saylovlarini o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rolini alohida ta’kidlamoqchiman. 

O‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan doimiy hamkorlik qilib kelamiz, maslahatlashamiz, tajriba almashamiz. O‘ylaymizki, bu hamkorlik saylov jarayonlari, fuqarolarning saylov huquqlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Nurillo NASRIEV, O‘zA